1. Maqsad

- Kompaniyada sanoat chiqindilarining sotilishini muvofiqlashtirish, sanoat chiqindilarini sotushda shaffoflik, ochiqlik va raqobatbardoshlikni oshirish;

- sanoat chiqindilarini ishlatish (foydalanish), sotishda (realizatsiya) qonunchilik va lokal hujjatlar talablarining bajarilishini ta`minlash;

- Kompaniya faoliyatida foydalanishga yaroqsiz sanoat chiqindilarini bozor konyekturasini o`rgangan holda realizatsiya qilish orqali Konpaniya daromadini oshirishga erishish.

  1. Qo'llash doirasi

2.1 Ushbu tartib «UzAvto Motors Powertrain»  AJ (keyingi o'rinlarda UMPT) hududida sanoat chiqindilarni sotish, Sotilgan sanoat chiqindilarni hisobga olish va ularni olib chiqishning yagona tartibini belgilaydi.

2.2 Ushbu tartib UMPT, Chiqindilarni boshqarish kompaniyasi va Chiqindi xaridori (sotib oluvchisi) uchun ishlab chiqilgan.

 

  1. Atamalar

SOTUVCHI –UzAuto Motors Powertrain AJ - UMPT

OFERTA SHARTNOMASI – bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan, yetarli darajada aniq bo‘lgan, UMPTning taklif yo‘llangan va uni qabul qiladigan shaxs bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif hisoblanadi.

Shuningdek, UMPT tomonidan nomuayyan shaxslar doirasiga yo‘llangan reklama va boshqa takliflar, ommaviy ofertaga taklif hisoblanadi.

Oferta bo`yicha munosabatlar O`z.R. Fuqarolik kodeksi, qonunchilik va ushbu       hujjat asosida tirtibga solinadi.

XARIDOR - o'z ishlab chiqarish va (yoki) iqtisodiy yohud boshqa ehtiyojlari uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda shartnoma asosida sanoat chiqindilarini sotib oluvchi har qanday tadbirkorlik sub'ekti.


OFERTA SHARTNOMASINI QABUL QILISH – AKSEPT – amaldagi qonunchilik talablariga asosan UMPT sanoat chiqindilarini sotib olish bo`yicha bergan taklifni unda ko`rsatilgan shart asosida akseptlash (qabul qilish). Sukut saqlash aksept hisoblanmaydi;
AUKSION – UMPT tomonidan tanlangan eng yaxshi narx va shartlarni taklif qiluvchi ishtirokchi (Xaridor) aniqlanadigan maxsus elektron portal orqali amalga oshiriladigan kimoshdi savdosining bir turi.

LOT – turli belgilari bo‘yicha guruhlashtirilgan (foydalanish, texnik va funksional xususiyatlariga ko‘ra) bir xil turdagi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) jamlanmasi sifatida UMPT tomonidan belgilangan va alohida shartnoma bo‘yicha xarid predmeti hisobalandigan         miqdoriy qism;

XARID QILISH TARTIB-TAOMILLARI ISHTIROKCHISINING AFFILLANGAN SHAXSI — qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan va (yoki) xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan qarorlar qabul qilishga ta’sir ko‘rsatadigan, shu jumladan yozma kelishuv asosida ta’sir ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisiga nisbatan shunday huquqqa ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs; Bunday shaxslarning UMPT tomonidan tashkil qilingan auksionlarda qatnashishi qat`iy ta`qiqlanadi, qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno.

AUKSION ISHTIROKCHISI - ishtirokchi UMPT realizatsiya qilayotgan sanoat chiqindilarini taklif etilgan shartlar asosida sotib olish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsdir.

SANOAT CHIQINDISI – UMPTdagi ishlab chiqarich jarayonida kelib chiqqan va kelgusi faoliyatida har qanday foydalanishga yaroqsiz bo`lgan chiqindilar (таркибида ҳавфли кимёвий моддалар бўлган чиқиндилар бандан мустасно).

 

  1. Sanoat Chiqindilarini Sotish tartibi

4.1. Ekologiya bo’limining ma'sul hodimi, omborda yig‘ilgan va ishlab chiqarishda kutilayotgan sanoat chiqindilar miqdori bo‘yicha asoslangan ma’lumotlarni sotuv bo`limiga taqdim qiladi.

4.2. Savdo bo'limi xodimi UMPT elektron resursida joriy qilingan https://xarid.umpt.uz onlayn savdo veb-saytida LOT ko’rinishida ma'lumotlarni joylashtiradi.

Sanoat chiqindisi realizatsiyasi bo`yicha Lot ochisdan oldin ushbu Tartib doirasidagi har qanday sanoat chiqindisining bozor qiymati maxsus baholash sertifikatiga ega bo`lgan va baholash faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxona orqali o`rganilishi hamda baholash hisoboti olinishi lozim. Ushbu harakatni amalga oshirmasdan turib sotish Lot ochishga yo`l qo`yilmaydi.

LOT ma'lumotlarini joylashtirish jarayonida savdo bo'limi xodimi LOT ning boshlang'ich narxi sifatida baholash kompaniyasi tomonidan belgilangan narxdan past bo’lmagan narxni belgilaydi. Agar sotuvga chiqarilayotgan sanoat chiqindisining bozor qiymatini o`rganish imkoni bo`lmasa va bu holat tegishli hujjatlar asosida tasdiqlangan bo`lsa, savdo bo'limi xodimi ushbu sanoat chiqindisining boshlang`ich qiymatini ilgari o'tkazilgan onlayn savdolardagi ma`lumotlardan kelib chiqqan holda mustaqil belgilashga haqli.

4.3. Onlayn auksion boshlanishidan oldin ishtirokchilar har bir lot uchun ushbu lot qiymatining 30 foizini sotuvchining hisob raqamiga DEPOSIT sifatida o‘tkazadi. Mazkur deposit summasi faqatgina alohida hollarda Boshqaruvchi direktor tomonidan Haridorlarga yengillik yaratish va ular o`rtasida teng raqobatni ta`minlash uchun faqat ma`lum bir Lot uchun istisno tariqasida 15% (foiz)dan kam bo`lmagan miqdorga qadar kamaytirilishi va belgilanishi mumkin.

LOTga Ro'yxatdan o'tish jarayoni auksion tugashidan 3 soat oldin tugaydi.

XARIDOR har bir pul o'tkazmasida depozit shakllantirilgan aniq LOTni ko'rsatishi kerak.

4.4. Agar onlayn-auksion tugashiga 3 soat qolganda DEPOSIT summasini shakllantirmagan Ishtirokchi onlayn-savdoga qo`yilmaydi va savdoda qatnashish  huquqini yo`qotadi. Ayni shu sabab bilan savdoni boshlash muddatini kechiktirishga yo`l qo`yilmaydi.
4.5. Onlayn-auksionni o‘tkazishda ishtirokchilar savdo to‘g‘risida e’lon qilingan kundan e’tiboran, e’londa ko‘rsatilgan muddat davomida bir nechta takliflar kiritish huquqiga ega. Biroq, savdoga chiqarilgan predmetni o`zgartirishga va oldindan e`lon qilingan shartlarga nisbatan og`irroq shartlarni belgilashga yo`l qo`yilmaydi.

4.6. Onlayn-auksionni o‘tkazish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar https://xarid.umpt.uz veb-saytidagi e’londa (sana va vaqt) ko‘rsatiladi. Lot uchun onlayn auksion muddati har bir oxirgi berilgan taklif vaqtidan besh daqiqaga uzaytiriladi. So`nggi taklifdan 5 daqiqa ichida Ishtirokchilardan boshqa taklif kelib tushmagan taqdirda onlayn-auksiyon savdo yakunlangan hisoblanadi va takliflarni qabul qilish to`xtatiladi.

4.7. G‘olibning ismi va aloqa ma’lumotlari tanlov yakuniga qadar https://xarid.umpt.uz portalida ko‘rsatilmaydi.

4.8. Onlayn auksion vaqti tugashi bilan portal avtomatik tarzda onlayn auksion davomida taklif qilingan eng yuqori narxni aniqlaydi. Eng yuqori narx taklif qilgan ishtirokchi portal tomonidan avtomatik tarzda auksion g‘olibi sifatida tanlanadi. G‘olibning nomi portalda ko‘rsatiladi, u avtomatik tarzda yakunlangan bitimni qayd qiladi va natijada ishtirokchining taklifiga muvofiq etkazib berish hartnomasi tuziladi.

 4.9. Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan bo‘lsa yoki hech kim ishtirok etmagan bo‘lsa, shuningdek savdoda Ishtirokchilardan taklif kelib (boshlang`ich qiymatni oshirish haqida) tushmagan bo`lsa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va g‘olib aniqlanmaydi. O`tkazilmagan deb topilgan auksiyon savdosi predmeti keying savdolarga boshqa shartlar asosida sotuvga chiqarilishi mumkin. Bunda, sotuvga chiqarilayotgan sanoat chiqindisining qiymatini oldingi auksion savdosiga chiqarilgan qiymatdan pastroq qiymat belgilashga va Kompaniya manfaatiga zid keluvchi boshqa shartlarni kiritishga yo`l qo`yilmaydi.

Agar sanoat chiqindisini 2 ta auksion savdosida sotishning imkoni bo`lmagan bo`lsa, sotuv bo`limi hodimi Boshqaruvchi direktorning ruxsati bilan Komplayens xizmati bilan kelishgan holda ushbu chiqindining savdodagi boshlangich qiymatini 10 foizdan ko`p bo`lmagan miqdorda kamaytirishi va kamaytirilgan qiymatda yangi savdoga chiqarishi mumkin.

Agar sanoat chiqindisini kamaytirilgan qiymatda ham kamida 2 ta onlayn savdoda sotilmasa, sotuv bo`limi xodimi ushbu sanoat chiqindisini utilizatsiya qilish maqsadga muvofiqligini o`rganish va xulosa berish uchun ekologiya bo`limiga yozma murojaat kiritadi. Ekologiya bo`limining xulosasiga asosan ushbu sanoat chiqindisini kompaniya hisobidan utilizatsiya qilish yoki yana ham arzonlashtirilgan narxda realizatsiya qilish masalasini Boshqaruvchi direktorga olib chiqadi.

Ayni bir sanoat chiqindisi bo`yicha Onlayn-auksion savdoning har qanday shartlariga o`zgartirish kiritishga faqatgina Komplayens xizmati (maqsaqga muvofiqligi yuzasidan) va Yuridik departament (qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan) bilan kelishgan holda, Boshqaruvchi direktorning ruxsati bilan yo`l qo`yiladi.

4.10. Agar onlayn-auksion g‘olibi mahsulotni sotib olishdan bosh tortsa, ushbu ishtirokchi bloklanadi va keyingi onlayn-auksionda qatnashish huquqidan maxrum etiladi. Ishtirokchining 30%lik DEPOZIT summasi OFERTA taklif shartlariga rioya qilinmaganligi sababli SOTUVCHI ixtiyorida qoladi. G`olibning bunday bosh tortishi shartnomani bir tomonlama bekor qilish va sanoat chqindisini savdosi bo`yicha yangi Lot ochishga asos bo`ladi.

4.11. Sotuvchi onlayn-auksion tugagan kundan boshlab 5 ish kuni ichida tender g‘olibi (Xaridor) bilan sanoat chiqindisini  etkazib berish shartnomasini rasmiylashtiradi. Xarid qilingan chiqindilarni etkazib berish shartnoma shartlarida alohida ko'rsatiladi.

Yetkazib berishning “Kompaniya hududidan Xaridor o`z hisobidan olib chiqishi” usuli ustuvor va maqsadga muvofiq hisoblanadi.


4.12. XARIDOR shartnoma tuzilgandan keyin 5 ish kuni ichida shartnoma qiymatining qolgan qismini (70%) Sotuvchining (UMPT) shartnomada ko`rsatilgan hisob raqamiga (30% depozitdan tashqari) o‘tkazishi va shartnoma predmetini olib chiqishni ta`minlashi shart.

4.13. Agar XARIDOR 5 ish kuni ichida shartnoma umumiy qiymatining qolgan 70 foizini sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazmasa, Sotuvchi to`lov kuninig oxirgi kunidan boshlab 3 kun ichida Xaridorga (shartnoma yoki auksion hujjatlarida ko`rsatilgan yuridik manzil bo‘yicha) yozma xabar berganidan keyin bir tomonlama tartibda shartnomani bekor qiladi. Bu holda, XARIDOR tomonida shartnoma shartlariga rioya qilinmaganligi uchun XARIDORning 30% deposit summasi SOTUVCHI ixtiyorida qoladi. Ushbu qoida Xaridor bilan tuziladigan shartnomada qat`iy belgilab qo`yilishi lozim.

4.14. Lot g`olibi bo`lmagan boshqa ishtirokchilarning depozit summalari lot o`tkazilgan dep topilgan kundan 10 ish kunida pul mablag`I kelib tushgan hisob-raqamga (agar Ishtirokchidan o`zinig boshqa hisob-raqamiga o`tkazish bo`yicha yozma iltimosnoma kelib tushmagan bo`lsa) qaytariladi.

4.15. Onlayn-auksion savdo predmeti narxi va shartnoma qiymati O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘mda ifodalanadi.

4.16. Sotuvchi tomonidan sanoat chiqindilari Xaridor 100% oldindan to‘lovni amalga oshirgandan so`ng yetkazib beriladi. Tafsilotlar, tovarlarni belgilangan tartibda nazorat qilish, qabul qilish bilan bog'liq shartlar va boshqa shartlar Xaridor bilan tuzilgan shartnomada alohida belgilanadi.

4.17. Ushbu tartibda belgilanmagan yoki qamrab olinmagan har qanday holatlar va harakatlar (harakatsizlik) O`zbekiston Respublikasida amalda bo`lgan qonun va qonun osti hujjatlari hamda Kompaniyaning lokal hujjatlari bilan tartibga solinadi.

4.18. Agar Tartibning rus va o`zbek tillaridagi matnlarda o`zaro nomuvofiqlik (mazmun va mohiyatiga ko`ra) yuzaga kelgan taqdirda matnning o`zbek tilidagi loyihasi ustun hisoblanadi.

4.19. Ushbu tartibga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish faqatgina u qabul qilingan tartibga yozma ravishda amalga oshiriladi.

4.20. Ushbu Tartibda belgilangan qoidalarga amal qilmaslik yoki ularni lozim darajada bajarmaslik ma`sul xodimga nisbatan Kompaniya lokal hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy jazo qo`llashga asos bo`ladi.

4.21. Ushbu Tartibda belgilangan qoidalarni boshqacha talqin qilish va qo`llashga yo`l qo`yilmaydi. Tartibda belgilangan qoidalarni qo`llash va talqin qilishda yuzaga kelgan tushunmovchikliklar Kompaniya Yuridik departamenti bilan kelishgan holda hal etiladi.

4.22. Sanoat chiqindilarini realizatsiya qilishda korrupsiya, manfaatlar to`qnashuvi, halollik, ochiq-teng raqobat va shaffoflikni buzuvchi holatlarga yo`l qo`ygan (yoki uringan) va bu haqda o`z vaqtida rahbariyatga xabar xodim qonunda belgilangan tartibda javobgar bo`ladi.

Bunday holatlarni oldini olish uchun savdo bo`limi boshlig`I va ma`sul xodimi har bir Lot bo`yicha Ishtirokchini chuqur o`ganib chiqish (afillangan shaxslar yoki manfaatlar to`qnashuvining mavligi), auksion natijalari e`lon qilingunga qadar Kompaniya xodimlari tomonidan Ishtirokchilar (ularning afillangan shaxslari) bilan hech qanday tarzda aloqaga kirishmaslikni nazorat qilish uchun mas`ul hisoblanadilar.

Sanoat chiqindilarini realizatsiya qilishda yuqoridagi holatlar yuzaga kelgan taqdirda xodim zudlik bilan bu haqda Boshqaruvchi direktor va/yoki Komplayens xizmatiga xabar berishi shart.

Qoidabuzarlik haqida bila turib xabar qilmaslik yoki o`z vaqtida xabar qilmaslik xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo`llashga asos bo`ladi.

  1. Chiqindilarni yig'ish, vaqtincha saqlash va chiqindilar bilan ishlashni nazorat qilish, chiqindilarni korxona hududidan chiqarish

Zavodda ishlab chiqarish jarayonida xosil bo’lgan chiqindilarni yig’ish, vaqtincha saqlash va chiqindilar bilan ishlashni nazorat qilish va ularni transportirovkasi ekologiya bo`limining “Ishlab chiqarish va iste'mol chiqindilarini boshqarish tartibi”ga (EC-P-ENV-3 Rev :007) asosan amalga oshiriladi.

  1. Sanoat chiqindilarini sotib oluvchi va Auksionda ishtirok etuvchi, tashrif buyuruvchilar, mijozlar va mijozlarning vakillarining korxonaga tashrifini tashkil etish:

Korxonaga tashrif faqat ma'lum bir ehtiyoj paydo bo'lganda amalga oshiriladi, xususan, tovarlarni dastlabki tanishish, shartnomalar imzolash, birinchi jo'natish, qaytarib berish va boshqa bahsli masalalar va boshqalar.

Kirish uchun savdo bo'limi xodimlari korxona ichidagi rejimlar bo'yicha umumiy ob'ekt yo'riqnomasining 12-ilovasi (tashrif buyuruvchilarni qabul qilish uchun ariza) shaklidagi ariza tuzadilar. Shu bilan birga, korxona hududiga tashrif buyuruvchilarga tashrif vaqtida hamroh bo'lishi kerak bo'lgan mas'ul hodim tayinlanadi.